AQSH Rossiyadagi xususiy harbiy kompaniyaga “zarba” bermoqchi

Olam

image

Kecha, 1 dekabr  kuni amerikalik senatorlar Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentiga "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasini xorijiy terrorchilik tashkiloti sifatida belgilashni talab qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Xuddi shunday tashabbus Vakillar palatasida ham ko‘rib chiqiladi. Bu haqdagi xabar senator Rojer Uikerning saytiga joylashtirilgan.

“AQSH senatorlari Rojer Uiker va Ben Kardin Rossiyaning yollanma askarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qonunni taqdim etdi. Bu ikki partiyaviy qonun loyihasi bo‘lib, Davlat departamenti Rossiyada joylashgan “Vagner”ni xorijiy terrorchilik tashkiloti sifatida belgilashni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Unda qayd etilishicha, demokratlar Stiven Koen i Mark Vizi hamda respublikachilar Jo Uilson va Richard Xadson Vakillar palatasiga taklifni qo‘llab-quvvatlash tashabbusini taqdim etgan.

Senatorlar tomonidan taklif etilgan qonun loyihasida "Vagner" yoki uning asoschilariga aloqador har qanday tuzilmalarni xorijiy terrorchi tashkilotlar deb e’lon qilish ham taklif qilingan. Tashkilotga terroristik tuzilma maqomini berish orqali Qo‘shma Shtatlar o‘z a’zolarini jinoiy javobgarlikka tortish va butun dunyo bo‘ylab xalqaro aktivlarini kuzatish huquqini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

"Vagner"

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar