AQSH narkosavdogarlar kemasini yo‘q qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 20 fevral kuni Qo‘shma Shtatlar Tinch okeanida narkotik savdosi bilan shug‘ullangani taxmin qilingan kemani nishonga oldi. Bu haqda Janubiy qo‘mondonlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, razvedka ma’lumotlari kema Tinch okeanining sharqiy qismidagi ma’lum narkotik kontrabanda yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlangani va narkotrafik uchun foydalanilganini tasdiqlagan.

Zarba oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, amerikalik harbiy xizmatchilar jarohat olmagan.

Bundan avvalroq ham AQSH harbiylari Tinch okeani va Karib dengizidagi uchta kemani nishonga olgan edi. 16 fevral kuni o‘tkazilgan operatsiya oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qayiqlar narkotik tashishga aloqador bo‘lgan.

Aniqlashtirilishicha, halok bo‘lgan 11 nafar erkak narkotik savdogari bo‘lgan: ulardan to‘rt nafari Tinch okeanining sharqiy qismidagi birinchi kemada, yana to‘rt nafari ikkinchi kemada, uch nafari esa Karib havzasidagi uchinchi kemada o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi Tinch okeanida qayiqqa zarba bergani va hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh narkotik narkosavdogarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing