AQSH Maduroga Rossiyaga ketishni taklif qildi

Olam

image
Trampning Maduroga bergan muddati tugadi. Endi nima bo‘ladi? north_east

Trampning Maduroga bergan muddati tugadi. Endi nima bo‘ladi?

AQSH Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etishni taklif qilgan. Bu haqda joriy yilning 30 noyabr kuni Respublikachi senator Markveyn Mallin CNN efirida so‘z ochdi.

“Biz Maduroga imkoniyat berdik. Unga u Rossiyaga yoki boshqa istalgan davlatga ketishi mumkinligini aytdik”, deydi Mallin.

Senator, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp harbiy operatsiyaga murojaat qilmasligini aytgan.

 “U aniq aytdi, biz Venesuelaga qo‘shin kiritmaymiz. Bizning vazifamiz – o‘z chegaralarimizni himoya qilish”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida “Politico” o‘z manbalarga tayanib, AQSH Maduroga o‘z lavozimni tark etib, Rossiya, Turkiya yoki Kubaga ketish imkoniyatini berishga tayyorligi norasmiy ravishda bildirgani haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, Tramp atrofidagi ba’zi doiralar Maduroni hibsga olish va uni AQSHga topshirish tarafdori bo‘lgan. “The Atlantic” manbalarining aytishicha, Maduro lavozimni tark etish imkoniyatini AQSH unga va uning hamrohlari uchun amnistiya berishi, uni hibsga olish bo‘yicha mukofotni bekor qilishi va qochqinlikda xavfsiz yashashini kafolatlashi sharti bilan ko‘rib chiqmoqda.

Senatorning rasmiy bayonoti esa Vashingtonning Karakasga bosimini kuchaytirayotgan bir paytda yangradi. Tramp hududdagi narkokartellarga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirdi. Sentyabrdan beri AQSH Karib havzasi va Tinch okeani sharqidagi suv transportlariga zarba berib kelmoqda. Amerikalik rasmiylar Southern Spear operatsiyasi doirasida kamida 21 ta kema yo‘q qilinganini, halok bo‘lganlar soni esa 83 ga yetganini bildirgan. Vashington operatsiya maqsadlarini “xorijiy terror tashkilotlari” bilan solishtiradi va ularni “Al-Qoida” bilan tenglashtiradi. Karakas esa buni “kolonial tahdid” va “noto‘g‘ri agressiya” deya ta’riflamoqda.

Qayd etish joiz, agar Maduro haqiqatan ham Rossiyaga ko‘chishga qaror qilsa, u so‘nggi o‘n yillikda Rossiyada boshpana olgan uchinchi xorijiy yetakchi bo‘ladi. 2014 yilda mamlakatda sobiq Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich yashashni boshlagan. 2024 yil oxirida Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad ham Moskvaga ko‘chib borgan. Manbalarga ko‘ra, u Moskva-Siti hududida yashayotgan bo‘lishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela Nikolas Maduro Markveyn Mallin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing