AQSH “qora ro‘yxat”ini kengaytirdi
Olam
−
03 mart 2023 9867 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy va Rossiyaning 37 ta sub’ektini Rus armiyasiga hissa qo‘shish, Xitoy armiyasini qo‘llab-quvvatlash, Myanma va Xitoyda inson huquqlarining buzilishiga ko‘maklashish yoki buzg‘unchilikda qatnashishda ayblab, savdo-sotiq bo‘yicha qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda kecha, 2 mart kuni AQSH Savdo vazirligi ma’lum qildi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun milliy xavfsizlik yoki tashqi siyosat tashvishini keltirib chiqaradigan sub’ektlarni aniqlaganimizda, biz ularning tranzaksiyalarini sinchiklab tekshirishimiz uchun ro‘yxatga kiritamiz”, degan vazir yordamchisi Teya Kendler o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vashington Rossiya Federatsiyasi va uchinchi davlatlarning 200 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr