AQSH qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 6 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlar harbiylari Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda AQSHning Vandenberg harbiy-kosmik kuchlar bazasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Raketa sinovi Qo‘shma Shtatlarning qudratli salohiyatini ifodalaydi va mamlakatning XXI asr tahdidlarini samarali tarzda tiyib turishga qodirligini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Shunga o‘xshash sinovlar 300 martadan ko‘proq o‘tkazilgan va bu sinov dunyodagi hozirgi voqealarning natijasi emas”, deyiladi AQSH harbiy-havo kuchlarining bayonotida.

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, havo kuchlari va harbiy-dengiz kuchlari uchuvchilarining qo‘shma guruhi mahalliy vaqt bilan soat 23:01 da quvvatsiz ballistik raketani uchirgan. Raketani ishga tushirish AQSHda saylov uchastkalari yopilganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirilgan.

22 daqiqa davom etadigan parvoz doirasida raketa Tinch okeandagi Kvajaleyn atolliga 4200 mil (6759 km) masofani bosib o‘tishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, Minuteman III og‘irligi 36 tonna bo‘lgan qattiq yoqilg‘i sarf qiladigan yagona Amerika raketasi. AQSH uni 1970 yilda qabul qilgan va hozirda 400 ta shunday raketaga ega bo‘lib, ular muntazam ravishda sinovdan o‘tkaziladi va yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Nevada poligonida subkritik yadroviy sinovlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Bu yadroviy moddalar va yangidan ishlab chiqarilgan qismlar haqida ma’lumot to‘plash hamda yadroviy portlashlarsiz zaxiralarni sertifikatlashtirish va ularning “qarish” xususiyatlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing