AQSH dunyoda sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketalar sinovini taqiqlashga erishmoqchi
Olam
−
10 Sentabr 2022
3941AQSH sentyabr oyida BMTga sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketa sinovlarini to‘xtatishga qaratilgan rezolyutsiyani taqdim etadi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti, Milliy kosmik kengash raisi Kamola Xarris ma’lum qildi.
“Aprel oyida men mamlakatimiz sun’iy yo‘ldoshga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri vayron qiluvchi raketalarni sinovdan o‘tkazmaydi deb e’lon qilgan edim. Shu oy oxirida AQSH BMT Bosh Assambleyasiga boshqa davlatlarni ham xuddi shunday majburiyatni olishga chaqiruvchi rezolyutsiya kiritadi”, deydi Xarris.
Qayd etish kerakki, Milliy kosmik kengash sobiq Prezident Donald Tramp ma’muriyati qoshida qayta tashkil etilgan edi. Kengashga an’anaviy tarzda mamlakat vitse-prezidenti rahbarlik qiladi. Joriy uchrashuv Bayden ma’muriyati davridagi ikkinchi uchrashuvdir.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida Kamola Xarris Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuchlari bazasiga tashrifi chog‘ida sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazishga moratoriy e’lon qilgan edi. Shuningdek, NASA rahbari Bill Nelson boshqa mamlakatlarni sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarga o‘xshash moratoriy joriy etishga chaqirgan edi.
2021 yil noyabr oyida “Roskosmos”ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Rossiya zamonaviy sharoitda sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurolga ega bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Xitoy ham sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurol ustida sinovlarni boshlash arafasida ekani ma’lum qilingan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi