AQSH byudjeti qisqartirilmasa, bankrot bo‘ladi – Ilon Mask
Olam
−
12 fevral 6728 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga rahbarlik qilgan milliarder Ilon Mask AQSH byudjetini qisqartirmasa, u “bankrot bo‘lishini” ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 11 fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlarga aytdi
So‘nggi haftalarda Prezident federal xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan qator buyruqlar chiqardi. Mask esa yangi tashkil etilgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) orqali AQSH ma’muriyatining sa’y-harakatlarini boshqarmoqda.
Xususan, Mask o‘tgan moliya yilida 1,8 trillion dollardan oshgan mamlakat byudjeti taqchilligini tilga oldi va davlat qarziga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori foizli to‘lovlarga ishora qildi.
“Federal xarajatlarni qisqartirish Vashingtondagi variantlardan biri emas. Bu zaruratga aylandi”, dedi u jurnalistlarga.
Ilon Maskning izohlari Tramp ma’muriyati Oq uyning xarajatlarni qisqartirishining qonuniyligiga shubha qilgan bir qator AQSH federal sudyalarining qarorlari bilan duch kelgan paytga to‘g‘ri keldi.
Trampning bir qancha federal agentliklarni deyarli yopib qo‘ygan va ularning ko‘plab xodimlarini ishdan bo‘shatishga duchor qilgan keng qamrovli rejalari butun mamlakat bo‘ylab huquqiy kurashlarni keltirib chiqardi.
Ayni paytda, Ilon Maskning jamoasi federal agentliklarni tekshirishda davom etmoqda, ko‘plab dasturlarni moliyalashtirishni muzlatib qo‘ygan va xodimlarni qisqartirishni talab qilmoqda.
DOGE guruhining faoliyati bir qator amaldorlarni xavotirga soldi, chunki ular AQSH Moliya vazirligi orqali AQSH fuqarolarining maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniga ega bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr