AQSH harbiy suv osti kemasi Rossiya akvatoriyasiga kirdi
Olam
−
13 fevral 2022
22179Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat hududiy suvlarida Tinch okean floti qo‘shinlarining mashg‘ulotlari hududida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Virginia tipidagi suv osti kemasi aniqlanganini ma’lum qildi. Idorada aytilishicha, u ertalab soat 10:40 da Kurilning Urup oroli yaqinida qayd etilgan.
Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Amerika suv osti kemasi Rossiya akvatoriyalarini tark etish haqidagi iltimosni e’tiborsiz qoldirib, Rossiya fregati “Marshal Shaposhnikov” ekipaji “tegishli vositalar”ni qo‘llaganidan keyin jo‘nab ketgan.
“Amerika suvosti kemasi radar va akustik nazoratda nishonlarni ikkilantirish uchun o‘ziyurar simulyatordan foydalangan va maksimal tezlikda jo‘nab ketgan”, deya RIA Novosti vazirlikdan iqtibos keltirgan.
Mazkur voqeadan keyin AQSH harbiy attashesi Rossiya Mudofaa vazirligiga chaqirilgan.
Hozir AQSH va Rossiya munosabatlari Ukraina bilan bog‘liq vaziyat sabab har qachongidan taranglashgan. Amerika Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha qo‘shin kiritishni boshladi. Rossiya esa Ukraina chegarasiga qo‘shin tortib kelgan.
Prezident Bayden Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, oqibati og‘ir bo‘lishidan ogohlantirmoqda. Shu bilan birga Oq uy xo‘jayini rus qo‘shinlari 16 fevral kuni harbiy harakatni boshlashiga ishonmoqda.
LiveBarchasi