Agar menga yordam kerak bo‘lganda Putin o‘sha zahoti o‘nlab shifokorlarini yuborardi – Lukashenko

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Moskvada sog‘ligi yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga izoh berib, shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

Siyosatchi 9 may, G‘alaba kuniga bag‘ishlab Moskvada tashkil etilgan rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun Rossiyaga borgan. Biroq Qizil maydondagi paraddan boshqa hech qanday uchrashuvlarda ishtirok etmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab Moskvadagi Markaziy shifoxonaga yotqizilgan. 

Keyinchalik Lukashenko tashrif vaqtida adenovirus (o‘tkir respirator virusli infeksiya) bilan kasallangani bilan bog‘liq gaplarga izoh berdi.

“Ular meni Markaziy shifoxonaga olib borishgani haqida gap tarqaldi. Kasallik borasida hammasi to‘g‘ri, lekin ular siz o‘ylagandan boshqacharoq. Aslida men u shifoxona qayerdaligini ham bilmayman. Agar menga yordam kerak bo‘lganda, Putin o‘sha zahoti o‘nlab shifokorlarini yuborgan bo‘lardi”, deydi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Lukashenko kasallikdan so‘ng birinchi marta 15 may kuni omma oldiga chiqqan. Shuningdek, protokolni olish vaqtida uning chap qo‘li mahkam bog‘langani ko‘zga tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko sog‘ligi haqidagi xabarlarga izoh berib, adenovirus bilan kasallanganini ma’lum qilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing