Afg‘onistonlik UFC jangchisi 25 yilga qamalishi mumkin

Sport

image

28 aprel kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan turnirda yengil vazn toifasida jang qilishi kerak bo‘lgan afg‘onistonlik jangchi Ahmad Hasanzoda tegajog‘lik qilishda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Valetudo.ru” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, “Team Alpha Male” jamoasi a’zosi Ahmad Hasanzoda AQSHning Sakramento shtatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda gumon qilimoqda. 

Qayd etilishicha, ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi farq 10 yoshni tashkil qiladi. Shuningdek, Hasanzoda voqea sodir bo‘lgan vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani va begona uyga kirib, jinoyat sodir etgani haqida ham taxminlar yangramoqda.

Qayd etish joiz, Ahmad Hasanzoda UFC bilan 2024 yilning kuzida shartnoma imzolagan va joriy yilning 26 aprelida o‘zining debyut jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq sodir bo‘lgan voqea sababli uning ishtiroki bekor qilindi.

Kaliforniya shtati joriy yilning mart oyida og‘ir jinoyatlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan. Agar Hasanzodaga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, u 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, qonunga ko‘ra, hatto ayrim holatlarda o‘lim jazosi ham qo‘llanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmad Hasanzoda Afg'onistonlik UFC jangchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar