ADM Jizzakh O‘zbekistonda Chery gibrid avtomobillari va elektromobillarini ishlab chiqarishni boshladi
Biznes
−
20 may 2023 14326 2 daqiqa
O‘zbekistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan ADM Jizzakh, Chery International bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va eyelektromobillar ishlab chiqarishni boshlaganini e’lon qildi.

Qaror ADM Jizzax rahbariyatining Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Chery kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Chery ADM Jizzakh bilan birgalikda avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish, shu jumladan, kuzovlarni payvandlash va bo‘yash, yig‘ish, avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni (CKD) tashkil etish niyatini tasdiqladi.

O‘zbekistondagi ADM Jizzakh tomonidan CKD uslubida yig‘iluvchi modellar tomonlarning O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilishi natijalariga ko‘ra tanlanadi, shunga qaramay, modellar qatori quyidagi platformalardan iborat bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda:
- Tiggo oilasi, shu jumladan, gibrid modellar (PHEV)
- Arrizo oilasi, shu jumladan, gibrid modellar (PHEV)
- elektromobillar.
Modellar qatori, Chery kompaniyasining rejalariga muvofiq doimiy ravishda yangilanib boradi.

Muzokaralar davomida tomonlar, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirish imkoniyatlarini yaratuvchi O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.
Bundan tashqari, ADM Jizzakh va Chery kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozori uchun mavjud bo‘lgan Chery avtomobillari modellari qatorini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar. Bu kam chiqindilar chiqaruvchi va energiyadan samarali foydalanuvchi avtomobillarga ortib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi
Chery bilan bu boradagi hamkorlik, O‘zbekistonda ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirishda muhim odim bo‘ladi. Ushbu hamkorlik orqali o‘zbekistonlik iste’molchilar xalqaro sifat va ekologik xavfsizlik standartlariga javob beradigan keng turdagi avtomobillardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ADM Jizzakh innovatsiyalarga va o‘z mahsulotlarini yaxshilashga, shuningdek, xalqaro bozorlarda o‘z ishtirokini kengaytirishga intilib kelmoqda. Chery bilan hamkorlikda kompaniya o‘zbek va xalqaro iste’molchilar talablariga javob beradigan yangi avlod avtomobillarini yaratish ustida ish olib boradi.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.cheryauto.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Telegram bot @cheryuzbekistanbot
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
YouTube'da bizni kuzatib boring
Ishonch telefoni: +99890 71 276 55 55
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14