Abdusattorov va Sindorov 2025 yilda eng ko‘p pul topgan shaxmatchilar ro‘yxatiga kirdi

Sport

image

2025 yil yakunlariga ko‘ra, yirik xalqaro individual turnirlarda qo‘lga kiritilgan mukofot pullari bo‘yicha TOP shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ushbu reytingda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 9-o‘rinni egalladi. U 2025 yil davomida 16 ta yirik turnirda ishtirok etib, jami 361 811 AQSH dollari miqdorida mukofot puli jamg‘argan. Abdusattorovning yil davomida qo‘lga kiritgan eng yirik bir martalik mukofoti 85 000 dollarni tashkil etdi.

Shuningdek, TOP-10 ro‘yxatidan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi — grossmeyster Javohir Sindorov ham joy oldi. U 10-o‘rinni band etib, 11 ta yirik turnir natijalariga ko‘ra 349 955 dollar mukofot puli ishlab topgan. Sindorovning eng katta bir martalik yutug‘i 120 000 dollar bo‘lib, ushbu mablag‘ FIDE Jahon kubogidagi muvaffaqiyat evaziga qo‘lga kiritilgan.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasida norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen joy oldi. U 2025 yil davomida 16 ta musobaqada qatnashib, 1,4 million dollar mukofot puli ishlab topgan. Kuchli uchlikdan shuningdek, Fabiano Karuana va Levon Aronyan ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing