Abdusattorov xalqaro turnirda 50 ming dollarni naqd qildi

Sport

image

Ayni kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions chess tour-2023 musobaqasi o‘tkazilmoqda. Bahslarda qatnashayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir yarim finaliga yo‘l oldi.

Musobaqaning final raundida yil davomida 6 ta yirik shaxmat musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda.

Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralash bahslarida 4-o‘rinni egallab, chorak finalda amerikalik Fabiano Karuanaga qo‘shimcha bahsda imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston vakili o‘tish o‘yinida yana bir AQSH shaxmatchisi Hikaru Nakamura bilan bahs olib bordi. Dastlabki 2 ta o‘yinda durang qayd etildi va Armageddon tay-brek bahsini o‘tkazildi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan o‘ynagan Abdusattorov kerakli natijaga erishib,  yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finalda Abdusattorov amerikalik Uesli So yoki norvegiyalik Magnus Karlsen bilan o‘ynaydi. Saralash raundi g‘olibi bo‘lgan Uesli So o‘ziga raqib tanlash huquqiga ega. U yo, Abdusattorov, yoki Karuanaga qarshi bahs olib borishi mumkin.

Ma’lumot uchun, turnir g‘olibi 200 ming AQSH dollari, 2-o‘rin sohibi esa 100 ming AQSH dollari oladi. Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan ikki nafar shaxmatchiga esa 50 ming AQSH dollari beriladi. Bu degani Abdusattorov allaqachon 50 ming dollarni naqd qildi. 

Yarim final bahslari bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Uesli So

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing