Aholi murojaatlari uchun Yagona onlayn platforma yaratiladi — Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, endi, murojaatlarning barchasi yagona elektron bazada yuritilib, Xalq qabulxonalari har chorakda davlat idoralarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ochiq reytingini shakllantiradi.

“Joriy yil 1 oktyabriga qadar barcha vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Yagona onlayn platforma yaratiladi. Ushbu platforma orqali vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlar bilan ishlash faoliyati monitoring qilinib, har oyda Senatga va Hukumatga tahliliy ma’lumot kiritib boriladi”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazirlik, idora va hududlar rahbarlarining hisobotini Senatda har chorakda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa mahalliy Kengashlarda har oyda eshitib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish doirasida davlat rahbari hokimliklarda fuqarolarning kunlik qabuli yo‘lga qo‘yilishi shart ekanini alohida qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing