30 yil oldin o‘lgan ayol tirik bo‘lib chiqdi

Bu qiziq

image

AQSHda 30 yildan ortiq vaqt davomida bedarak yo‘qolgan va hatto rasman o‘lgan deb hisoblab kelingan pensilvaniyalik ayol Puerto-Rikoda tirik holda topildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 83 yoshli Patrisiya Kopta bedarak yo‘qolgan joyidan 2700 kilometr uzoqlikdagi qariyalar uyida demensiya (aqliy qobiliyat pasayishi) kasalligidan davolanmoqda. U qariyalar uyi xodimlariga o‘zining hayoti haqida aytib bergan, shundan so‘ng ular tergovchilar bilan bog‘lanib, 1992 yilda yo‘qolgan ayol qariyalar uyida ekanini bildirgan.

Kopta bilan 20 yil hayot kechirgan eri Bob Kopta va singlisi Gloriya Smit politsiya DNK dalillari orqali ularning yaqin kishisi haqiqatan ham Puerto-Rikoda ekanini aniqlaganida, bunga ishonchsizlik bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Patrisiya 52 yoshida g‘oyib bo‘lgunga qadar ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. 1999 yilda bedarak yo‘qolganidan yetti yil o‘tib, qariyalar uyi xodimlari Kopta xonimni Puerto-Riko ko‘chalarida kezib yurganini payqagan va u pansionatga joylashtirilgan. Patrisiya shaxsiy hayoti yoki kelib chiqishini bu yerdagi mas’ullar bilan muhokama qilishdan bosh tortgan. 

Qariyalar uyi xodimlari Patrisiya Koptaning DNKsini tergovchilarga yuborgan. Keyin uning jiyani va singlisi Gloriya Smitdan DNK namunalari olinib, laboratoriyaga jo‘natilgan. Tekshiruv natijasida Puerto-Rikodagi ayol haqiqatan ham Kopta xonim ekani ma’lum bo‘lgan.

Gloriya Smit yaqinda Puerto-Rikodagi opasi bilan ko‘rishishini aytgan. Bob Kopta ham xotiniga nima bo‘lganini bilganidan mamnun ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing