2023 yil uchun dam olish kunlari belgilandi
Jamiyat
−
23 dekabr 2022 94400 1 daqiqa
Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
- 2 yanvar – dushanba;
- 30 iyun – juma.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun quyidagi kunlar dam olish deb belgilandi:
- 3 yanvar – seshanba;
- 20 mart – dushanba;
- 22 mart – chorshanba;
- 24 aprel – dushanba;
- 1 iyul – shanba;
- 2 sentyabr – shanba;
- 30 dekabr – shanba.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
- 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
- 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
- 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.
Live
Barchasi