18 yashar qizning sobiq sevgilisi maktabga hujum qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 27 avgust kuni Germaniyaning Brandenburg federal zaminidagi maktabga qilingan hujum oqibatida ikki kishi o‘ldirildi, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Märkische Allgemeine Zeitung” xabar berdi.

“Payshanba kuni Gozen-Noy-Sittau (Oder-Shpreye tumani)dagi maktablardan birida ikki kishi o‘ldirildi... Gumon qilinayotgan jinoyatchi qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan biri 18 yoshli o‘quvchi qiz. Ikkinchi halok bo‘lgan shaxs 30 yoshli erkak. Taxminlarga ko‘ra, u jinoyatchiga xalaqit berishga uringan vaqtida halok bo‘lgan. Gumon qilinayotgan jinoyatchi 19 yoshda bo‘lib, u 18 yoshli qizning sobiq segilisi bo‘lishi mumkin.

Brandenburg politsiyasi voqea joyida bo‘lib turibdi va maktab atrofidagi hududni o‘rab olgan. Voqea joyida ko‘plab qutqaruv xizmati avtomobillari ham bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha ravishda ikkita qutqaruv vertolyoti ham jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiyaning Fagersta shahridagi maktabda politsiya xodimlari qilich bilan qurollangan shaxsni otib o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing