12 emas, 41. Ukraina Rossiyaning ko‘proq samolyotlarini yo‘q qilganini aytmoqda

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi yo‘q qilingan Rossiya harbiy samolyotlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yangiladi. Yangilanish Bosh shtabning Facebook va Telegram'dagi sahifalarida paydo bo‘ldi.

Endilikda Bosh shtab 1 iyun kungi reyd davomida avval xabar qilinganidek 12 ta emas, 41 ta Rossiya samolyoti yo‘q qilinganini da’vo qilmoqda.

“Turli manbalardan olingan qo‘shimcha ma’lumotlarni qayta ishlagandan so‘ng va bir muncha vaqt talab qilinadigan tekshiruvdan so‘ng, biz Rossiya Federatsiyasining jami yo‘qotishlari 41 ta harbiy samolyotni, shu jumladan strategik bombardimonchi samolyotlar va boshqa turdagi jangovar samolyotlarni tashkil etganini xabar qilamiz”, deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi hisobotida.

Ma’lumot uchun, Ukraina uchuvchisiz samolyotlari 1 iyun kuni “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi chog‘ida Rossiyaning bir qancha harbiy aerodromlariga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyoti yo‘q qilingan. Operatsiya, Kiyevda aytilganidek, bir yarim yil davomida tayyorlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina O'rgimchak to'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing