11 mln so‘m o‘g‘irlagan maktab o‘quvchisi ushlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2019 7102 1 daqiqa
O‘tgan yilning 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilgan. N.A. 16 noyabr kuni noma’lum shaxs uning Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga o‘g‘rilikka tushganini aytgan.
Qayd etilishicha, deraza oynasi orqali do‘konga kirgan o‘g‘ri u yerdan 11 300 000 so‘m pul va Samsung rusumli mobil telefonni o‘g‘irlab ketgan.
Murojaatdan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi, S.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.