Turkiyalik yetimlar o‘zbeklarga beriladimi?
Intervyu
−
09 fevral 2023 31284 1 daqiqa
Dunyoni larzaga solgan Turkiya zilzilasi. Hozirgacha talafot oqibatida 12 000 dan ortiq kishi vafot etdi. 63 mingga yaqin odam jarohatlandi va ularga birinchi yordamlar ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan mamlakatlarning dastlabki qatoridan o‘rin oldi. 100 nafar qutqaruvchidan iborat guruh birinchilardan bo‘lib Turkiyaga yetib bordi. Hozirgacha vayronalar ostida qutqarilganlarning qanchasi ayollar va bolalar ekani, ularning yoshi bilan bog‘liq ma’lumotlar ochiqlanmadi. Lekin o‘zbekistonliklar orasida zilzila oqibatida ota-onasi vafot etib, yetim qolgan bolalarni asrab olish istagi paydo bo‘lgan. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar Turkiyadagi bolalarni asrab ololadimi? Bu savolga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekar javob berdi.

“Bu haqda gaplashish uchun hali vaqtli. Hozirga qadar qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu ishlar yakunlangach, qolgan masalalar haqida gapirsa bo‘ladi. Hozirdan biror narsa deyish qiyin. Bola asrab olish huquqiy jarayon. Zilzila talafotlari bartaraf etilgandan so‘ng ko‘rib chiqiladi. Hozir bu haqda gapirish juda erta va juda qayg‘uli”, deydi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekar.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda zilzila geofizik qurollar ishlatilishi natijasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekarga javob berib, zilzila tabiiy ofat ekanini aytgandi.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr