Husanov JCHda eng ko‘p qidirilgan futbolchilardan biri bo‘ldi
Sport
−
29 iyun 8868 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi Jahon chempionati davomida “Transfermarkt” portalida eng ko‘p qidirilgan futbolchilardan biriga aylandi. Bu haqda portal o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali xabar qildi.
“Transfermarkt” portali musobaqa davomida profiliga qiziqish keskin oshgan va eng ko‘p akkauntiga tashrif buyurilgan futbolchilardan iborat iborat ramziy jamoani e’lon qildi.
Ushbu ramziy jamoadan Abduqodir Husanov bilan bir qatorda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi, Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu ham o‘rin oldi. Darvozabon sifatida esa turnir davomida katta mashhurlikka erishgan Kabo-Verde terma jamoasi posboni Vozinya tanlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Mazkur uchrashuvda Husanov statistik reyting bo‘yicha jamoasidagi eng past bahoni olgan futbolchi sifatida qayd etildi.
Live
Barchasi