Husanov “Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lolmadi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi aprel oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun chap qanot himoyachisi Niko O’Raylini tanladi.

Da’vogarlar orasida markaziy himoyachi Abduqodir Husanov va portugaliyalik yarimhimoyachi Bernardu Silva ham bor edi. E’tiborli jihati, o‘zbekistonlik futbolchi ovozlar soniga ko‘ra katta farq bilan ustun kelgandi, ammo yakunda 21 yoshli ingliz e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, O’Rayli aprel oyida jamoa safida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Niko O’Rayli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing