Husanov eng ko‘p pul topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi bo‘lgan 48 mamlakat futbolchilari orasidagi eng yuqori daromad topuvchi o‘yinchilar reytingiga kiritildi. Bu haqda “Forbes Sport” nashri xabar berdi.

Husanov mazkur reytingda 38-o‘rinni egallagan va ushbu ro‘yxatdan joy olgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanovning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Shundan 5 million dollari maosh va futbol faoliyatidan tushadigan daromad bo‘lsa, yana 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari hamda boshqa manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Nashrning qayd etishicha, futbolchining asosiy hamkorlaridan biri “Puma” hisoblanadi. Shuningdek, 2025 yilda yo‘lga qo‘yilgan AK45 energetik ichimliklar brendi ham uning umumiy daromadini hisoblashda inobatga olingan.

Reytingda birinchi o‘rinni 280 million dollar yillik daromad bilan Krishtianu Ronaldu egallagan. Ikkinchi pog‘onadan 130 million dollar bilan Lionel Messi o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing