Husanov 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatiga kirdi
Sport
−
20 aprel 7506 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra dunyoning 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilari reytingidan joy oldi.
Tadqiqot 67 ta milliy liga futbolchilarini qamrab olgan. Ro‘yxatni tuzishda so‘nggi olti oy davomidagi o‘yinlar, statistik ko‘rsatkichlar, musobaqalar darajasi, jamoalar natijalari va maydondagi vaqt hisobga olingan.
Angliya Premer-ligasi doirasida Husanov 79,9 indeks to‘plagan holda 19-o‘rinni egallagan.
Reytingning birinchi pog‘onasidan “Liverpul” yarim himoyachisi Florian Virts joy olgan. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti”dan Rayan Sherki, uchinchi o‘rinni esa “Nyukasl Yunayted” vakili Lyuis Xoll egallagan.
Live
Barchasi