Hokimlar mingga yaqin raqobatga zid hujjat qabul qilgani aniqlandi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekistonda hokimlar mingga yaqin raqobatga zid hujjatlarni qabul qilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, raqobatga ta’siri baholangan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan 1,5 mingta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar o‘rganilgan va 278 ta loyihada raqobatga zid normalar aniqlandi va ularni bartaraf etish tegishli xulosalari berilgan.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekanligi aniqlangan va ularni bekor qilish choralari ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing