Hindistonda samolyot dvigateli havoga ko‘tarilish vaqtida yonib ketdi (video)
Olam
−
29 oktabr 2022 10515 1 daqiqa
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasining samolyoti dvigateli Dehli aeroportidan ko‘tarilish paytida yonib ketdi. Bu haqda “The Indian Express” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot bortida 177 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Texnik nosozlik tufayli reys to‘xtatilib, barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lovchilar o‘z manziliga – Bangalorga boshqa reysda jo‘natilgan.
Aviakompaniyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning parvozi vaqtida dvigatelda nosozlik yuzaga kelgan, bu yong‘inga sabab bo‘lgan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust