Hindistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol mamlakatga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchixonasi Hindiston hududida hayotiy murakkab vaziyatga tushib qolgan R.R. ismli o‘zbekistonlik ayolga tezkor konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi hujjatlarini yo‘qotishi, shuningdek, ish beruvchilarning vijdonsiz xatti-harakatlari sababli murakkab ahvolda qolib, noqonuniy ekspluatatsiya xavfiga duch kelgach, yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Konsullik bo‘limi tomonidan fuqaroning Hindistonda bo‘lish bilan bog‘liq huquqiy masalalarini hal etish uchun zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot idoralari va migratsiya xizmatlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Diplomatlarning sa’y-harakatlari natijasida zarur chiqish hujjatlari rasmiylashtirilgan va logistika vazifalari hal etilgan. R.R. joriy yil 14 mart kuni O‘zbekistonga sog‘-omon qaytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing