Hindistonda attraksion qulab tushishi ortidan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi (video)
Olam
−
10:59 2201 1 daqiqa
Hindistonning Faridobod shahridagi ko‘ngilochar attraksion qulab tushdi. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 7 fevral kuni soat taxminan 18:00 larda ro‘y bergan. 26 nafar odam bilan aylanayotgan “Top Spin” attraksioni bir uchi o‘qi atrofida aylanib bo‘lganidan keyin to‘satdan ajralib ketib, qattiq zarb bilan yerga qulagan. Oqibatda 13 kishi jarohat olib, politsiya inspektori halok bo‘lgan.
Hodisa joyiga tashrif buyurgan Haryana turizm vaziri Arvind Sharma voqeani to‘liq tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini va aybdorlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishini aytgan.
Voqeadan so‘ng O‘zbekistonning Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bu kabi noxush holatlar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida ogohlantirish bilan chiqdi.
“Mamlakatimiz hududidagi madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatilgan va foydalanilayotgan texnik nosoz va shubhali bo‘lgan attraksionlarga duch kelsangiz, “Attraksion_nazorati” mobil platformasi yoki quyidagi +998 71 203-02-39 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi