Hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel 2161 1 daqiqa
Andijon viloyatida Haj ziyoratiga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ch. 18 000 AQSH dollar evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni Haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Haj ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi