Haydovchilik guvohnomasi uchun avtomaktablarda o‘qish shartligi bekor qilinadi

Jamiyat

image

2026 yil 1 yanvardan moped va skuterlarni boshqarish uchun A1 toifasi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 oktyabrdagi 676-son qarorida keltirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu toifani olish uchun avtomaktablarda o‘qish shart emas, fuqarolar to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihon topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu toifani olish istagida bo‘lganlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, mustaqil ravishda tayyorlanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishlari mumkin. A, B, C, D toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar A1 kichik toifasidagi avtotransport vositalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

A1 kichik toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun nazariy imtihonda 20 ta elektron test savollaridan boshqa toifalardan farqli ravishda 18 ta emas, kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob bergan haydovchilikka nomzodlar nazariy imtihonni topshirgan deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qo‘yiladi.

2026 yil 1 fevraldan boshlab A va B toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun fuqarolar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Faqatgina majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tashlari lozim. Ushbu ma’lumotlar elektron tarzda shakllantiriladi.

2026 yil 1 apreldan boshlab odamlarning yo‘llardagi xavfsizligini ta’minlash, o‘lim holatlarining oldini olish maqsadida qo‘pol qoidabuzarliklar uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari hisoblanadi. Bunda jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi orqali foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Haydovchilik guvohnomasi moped

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing