HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Olam
−
19 avgust 2025 4679 1 daqiqa
HAMAS Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda kecha, 18 avgust kuni o‘z manbalariga tayanib, “Al-Jazeera” xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, HAMAS vositachilarga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha so‘nggi taklifni qabul qilganini va urushni tugatish yuzasidan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan.
Taklifga ko‘ra, harbiy amaliyotlar 60 kun muddatga vaqtincha to‘xtatiladi, shu vaqt ichida Isroil armiyasi qayta joylashtiriladi va gumanitar yordam yetkazib berilishiga sharoit yaratiladi. 50 nafar isroillik asirning yarmi xuddi shu muddat ichida falastinlik mahbuslarga almashtiriladi. HAMASdagi manba yangi taklif “kompleks yechim sari yo‘lning boshlanishi” ekanini bildirgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi maslahatchisi Dmitriy Gendelman Isroil HAMASdan o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob olganini tasdiqlagan. U boshqa tafsilotlarni oshkor etmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida 2023 yil oktyabrdan beri harbiy harakatlar oqibatida 62 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa kuchlari bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir G‘azo sektorining markazi G‘azo shahrini bosib olish rejasini ma’qullagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi