HAMAS AQSHning taklifini qabul qilishga tayyor, ammo shartlar bilan
Olam
−
31 may 2025 3798 1 daqiqa
HAMAS harakati AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan taklif qilingan G‘azo sektorida otishmalarni to‘xtatish bo‘yicha yangi kelishuvni qabul qilishga tayyor, ammo harakatning ham o‘ziga yarasha shartlari bor. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, HAMAS garovdagilarini ikki kun ichida ozod qilish o‘rniga, 60 kun davomida kichik guruhlarda bosqichma-bosqich chiqarishni talab qilmoqda. Shuningdek, ular kelajakdagi kelishuvni Isroil tomonidan bajarilishi uchun AQSHdan “haqiqiy kafolatlar” talab qilmoqda, chunki hozirgi taklif Isroil hukumatiga G‘azoda urushni qayta boshlash bo‘yicha erkinlik qoldirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastinning HAMAS guruhi AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklifni qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, sulhni Isroil birinchi bo‘lib qabul qilgan, ammo HAMAS haligacha yakuniy qarorini aytgani yo‘q.
Ushbu sulh quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
- G‘azo sektorida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish;
- 10 nafar tirik garovga olingan asirni ozod qilish;
- 18 nafar halok bo‘lganlar jasadini qaytarish;
- Buning evaziga Isroil taxminan 1 500 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak bo‘ladi.
Live
Barchasi