Hafta davomida issiq ob-havo saqlanib qoladimi? O‘zgidromet ma’lumot berdi
Bu qiziq
−
23 avgust 2021
16271Odatda, ob-havo sharoitiga ko‘ra avgust oyi O‘zbekistonda yilning eng barqaror vaqti hisoblanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik juda kam yog‘adi va u juda kuchsiz bo‘ladi. Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik me’yori va avgust oyida yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan kamroqdir.
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan asosan kam bulutli issiq ob-havo, kuchsiz, ba’zi joylarda biroz esadigan shamollar ustunlik qiladi.
Bu hafta davomida tog‘li hududlarda asosan tinch ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23-24 avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida respublika hududida me’yordan 2-3° ga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi. Hafta davomida harorat kechalari 17-22°, kunduz kunlari 23-26 avgustda 33-38°, 27-28 avgustda 31-36° atrofida bo‘ladi.