Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
25 yanvar 33921 3 daqiqa
O‘zgidromet 25-28 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
26–28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
26–28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25–26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
27–28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
26–28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
27–28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq, faqat 27 yanvarda 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Cho‘l hududlarda kechasi 6–11 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
27–28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha, ayrim joylarda esa 22–25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 25–26 yanvarda 3–8 daraja iliq, 27–28 yanvarda 1–6 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
27–28 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq, faqat 27 yanvarda 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25–26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
27–28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
27–28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 25–26 yanvarda 0–5 daraja sovuq, 27–28 yanvarda 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 25 yanvarda 0–5 daraja iliq, 26–28 yanvarda 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, faqat 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
25–26 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 25 yanvarda 8–13 daraja sovuq, 26–28 yanvarda 5–10 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 0–5 daraja sovuqdan 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Live
Barchasi