Eron MTJ AQSHda tinchilik maktubini qoldirdi
Sport
−
23 iyun 8153 1 daqiqa
Eron milliy terma jamoasi futbolchilari Belgiyaga qarshi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvidan so‘ng, kiyinish xonasida tinchilik maktubini qoldirdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Eronlik futbolchilar tomonidan qoldirilgan maktubda quyidagi so‘zlar yozilgan:
“Ming yillik tarixiga ega qadimiy Forsdan to bugungi sivilizatsiyagacha Eron ruhi yashab kelmoqda va barqarorligini saqlab qolmoqda. Biz Los-Anjelesga faxr bilan keldik, sharaf bilan kurashdik va sharaf bilan ketmoqdamiz.
Los-Anjeles, mehmondo‘stligingiz uchun rahmat. Shuningdek, ushbu ikki uchrashuv davomida qalbi, ovozi va butun borlig‘i bilan bizga dalda bergan har bir eronlikka minnatdorlik bildiramiz. Barcha xalqlar o‘rtasida tinchlik, hurmat va do‘stlik hukm surishini tilaymiz”, deyiladi maktubda.
Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi guruh bosqichining birinchi turida Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi. Belgiya terma jamoasiga qarshi bahsda esa eronliklar 0:0 hisobidagi durang o‘ynadi. Jamoa so‘nggi turda, joriy yilning 27 iyun kuni Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi