Portugaliya – O‘zbekiston o‘yinini Mirzahakim To‘xtamirzayev shahrlaydigan bo‘ldi

Sport

image

Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni “Sport” telekanali orqali Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlab boradi. Bu haqda telekanal bosh rejissyori Xurshid Mirzaahmedov ma’lum qildi. 

Shuningdek, “Futbol TV” telekanalida mazkur bahsni Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev sharhlaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Hozircha “K” guruhida 3 ochko jamg‘argan Kolumbiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Portugaliya va Kongo DR jamoalari 1 ochkodan to‘plab, mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston esa birinchi turdan keyin ochkosiz qolgan holda to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va O‘zbekiston uchrashuvini marokashlik hakam Jalol Jayed boshqarib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing