Hindistonda erkak qalban poklanish uchun 5 yildan beri tik turibdi (video)

Olam

image

Hindistonlik Daulat Giri Ji Maharaj ismli erkak Shiva ma’budiga bag‘ishlangan qadimiy “kxada tapasya” ruhiy amaliyotiga rioya qilgan holda, besh yildan buyon bir joyda tinimsiz tik turibdi. Bu haqda Taaza TV xabar berdi.  

Qasamga ko‘ra, erkak ketma-ket 12 yil davomida tik turgan holatda vaqt o‘tkazishi kerak. Hinduilik an’anasiga ko‘ra, bunday qat’iy tarkidunyochilik ruhiy kuch-quvvatga ega bo‘lishga va ma’budga yaqinlashishga yordam beradi, deb ishoniladi.

Maharaj ushbu amaliyotni boshlaganidan beri hech ham o‘tirmaydi va oyoqlarini yozmaydi. Hatto uxlashni ham tik turgan holda amalga oshiradi – bunda unga muvozanatni saqlashga va yiqilib tushmaslikka maxsus tirgak konstruksiya yordam beradi.

Ko‘p yillik og‘irlik uning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Uning oyoqlari qattiq shishib, qorayib ketgan, qon aylanishi esa sezilarli darajada yomonlashgan. Shunga qaramay, erkak o‘z qasamiga sodiq qolishda davom etmoqda. 

Maharajning ahvolini mahalliy ibodatxona qoshidagi ko‘ngillilar nazorat qilib bormoqda. Ular muntazam ravishda uning oyoqlariga shifobaxsh malhamlar surtib, zarur parvarishni amalga oshirmoqda. Ushbu ruhiy amaliyot yakunlanishi uchun erkak yana yetti yil tik turishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Shiva ma'budi Daulat Giri Ji Maharaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing