Rossiya Suriyadagi harbiy bazalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqmoqda
Olam
−
12 iyun 1893 1 daqiqa
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Suriyadagi harbiy bazalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yuzasidan Suriya hukumati bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Rossiyaning Suriyadagi Tartus dengiz bazasi va Xmeymim aviabazasining kelajagi 2024 yilyning dekabr oyida Moskvaning ittifoqchisi Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan buyon mavhumligicha qolmoqda.
Hozirgi Suriya Prezidenti Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi hukumat Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, ayni paytda Moskvadan siyosiy boshpana olgan Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova haftalik brifingda Suriya hukumati bilan hamkorlik juda faol rivojlanayotganini aytgan.
Tartus bazasi Rossiyaning Suriyaga import qilinadigan yuklari uchun logistika markaziga aylanishi haqidagi xabarlar yuzasidan savolga javob bergan Zaxarova bazalar faoliyatini “qayta formatlash” masalasi muhokama qilinayotganini, biroq tafsilotlar Rossiya Mudofaa vazirligi vakolatiga kirishini ta’kidlagan.
“Suriyalik hamkorlar bilan aloqalar doirasida Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki, jumladan Rossiya harbiy ob’ektlari funksiyalarini qayta formatlash ehtimoli ham muhokama qilinmoqda”, dedi u.
Hmeymim aviabazasi va Tartus dengiz bazasi Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidan tashqaridagi yagona harbiy bazalari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning yangi hukumati Prezident Ahmad ash-Shara boshchiligida Rossiyani Xmeymim aviabazasidan siqib chiqarish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi