Yaponiyada sunami xavfi: 181 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda
Olam
−
08 iyun 1513 1 daqiqa
Filippindagi zilziladan so‘ng Yaponiyada 181 ming kishini evakuatsiya qilish e’lon qilindi. Mamlakat janubi-sharqida sunami haqida ogohlantirish amal qilmoqda. Bu haqda NHK xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv xizmati vazifasini bajaruvchi Umumilliy ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, ushbu choralar oltita prefektura aholisiga daxldor. Evakuatsiya Ibaraki, Mie, Koti, Miyadzaki, Kagosima va Okinava prefekturalarida e’lon qilingan.
Mamlakat janubi-sharqida sunami haqida ogohlantirish ham amal qilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Yaponiya sohillari yaqinida to‘lqin balandligi bir metrgacha yetishi mumkin. Ta’sir zonasi mamlakatning Tinch okeani sohillarining sezilarli qismini – janubiy hududlardan tortib, Tokio yaqinida joylashgan Tiba prefekturasigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda zilzila sodir bo‘lgani, shundan so‘ng mintaqada sohilbo‘yi hududlari uchun ehtimoliy oqibatlar tufayli ehtiyot choralari ko‘rila boshlagani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi