Zoyir Mirzayevga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
08 iyun 4353 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ruslan Rustamovich Kunarov Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ta’kidlash lozimki, mazkur lavozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorga asosan boshqa hududlardan farqli ravishda Toshkent viloyati uchun joriy etilgan.
Kunarov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumanidagi “BIO KORM” xususiy korxonasining ishlab chiqarish masalasi bo‘yicha maslahatchisi vazifasida xizmat qilgan.
Shu bilan birga, Jahongir Anvarjonovich Mamajonov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mamajonov 1978 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Moliya va iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar AQSHdagi “JM Group” kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlangandi.
Live
Barchasi