Maktab direktori 30 dan ortiq qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Olam

image

Indoneziyaning Markaziy Yava hududidagi Tlogosari qishlog‘ida joylashgan qizlar maktab internati katta mojaro – o‘nlab qizlarga nisbatan zo‘ravonlik ehtimoli ortidan yopildi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Maktab rahbari 58 yoshli Kiyai Ashari o‘nlab qiz o‘quvchilarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda. Joriy yilning 2 may kuni yuzlab odamlar internat oldiga yig‘ilib, norozilik bildirgan. Ular “Ayollar jinsiy ob’ekt emas” va “Yirtqich” degan yozuvli bannerlar ko‘tarib chiqqan. Hozircha bir nafar jabrlanuvchi rasmiy shikoyat bergan. Biroq uning advokati Ali Yusronning aytishicha, qurbonlar soni 30 – 50 nafargacha bo‘lishi mumkin.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Ashari qizlarning xonalariga kirib, massaj so‘rash bahonasida ularga tegajog‘lik qilgan. Bu holatlar 2020–2024 yillar orasida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Politsiyaning bildirishicha, bu Ashariga qarshi birinchi ayblov emas. Unga nisbatan avval ham shunday shikoyatlar bo‘lgan, lekin ba’zi ota-onalar va qizlar keyinchalik ko‘rsatmalarini qaytarib olgan.

Mahalliy faollar va mutaxassislar bu holat Indoneziyadagi ayrim internatlarda nazorat yetarli emasligini ko‘rsatishini bildirgan. Mojarodan keyin Indoneziya Din ishlari bo‘yicha vazirligi internat litsenziyasini bekor qilgan. Maktab yopilgan, o‘quvchilar esa uylariga jo‘natilgan yoki boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab direktor zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing