Raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 may kuni Ayubxon Orifxon o‘g‘li Sultonov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Ayubxon Sultonov Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropoliteni universitetida tahsil olgan. Shuningdek, u Raqamli texnologiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamentida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati deyarli to‘liq tarkibda almashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Asilbek Anvarovich Xudayarov Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimida ishlayotgan Eldor Erkinovich Odilov egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Raqamli texnologiyalar vaziri Ayubxon Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar