“Amerikaliklarning o‘rni – Fors ko‘rfazi tubida”. Xomanaiy qaytdi

Olam

image

Eron Oliy rahbari Mujtabo Homanaiy 28 fevraldan beri ilk bor xalqiga murojaat yo‘lladi. Ushbu murojaat Fors ko‘rfazi milliy kuni munosabati bilan tayyorlangan bo‘lib, Eron televideniyesi diktori tomonidan o‘qib eshittirilgan va rasmiy saytida e’lon qilingan.

Bayonotda Islom Respublikasi o‘zining yadro va raketa salohiyatini “milliy boylik” sifatida himoya qilish niyatida ekani ta’kidlangan. Eron yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu imkoniyatlar mamlakat ichida va tashqarisida yashayotgan “90 million g‘ururli va olijanob eronliklar” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, u Fors ko‘rfazi atrofidagi vaziyatga to‘xtalib, uning kelajagi “Amerikasiz” bo‘lishini aytgan.

“Minglab kilometr uzoqdan manfaat va adovat bilan kelayotgan begonalarga bu yerda boshqa joy yo‘q. Ular uchun yagona joy Fors ko‘rfazining tubidir”, degan Homanaiy.

Murojaatda Mujtabo Homanaiy Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatga ham to‘xtalib, Eron bu hududda “raqiblar tomonidan suiiste’mollarning oldini olishini” bildirgan.

“Bo‘g‘ozni boshqarishning yangi tizimi mintaqa davlatlari uchun farovonlik va taraqqiyot olib keladi, iqtisodiy foyda esa odamlar qalbini quvontiradi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazi milliy kuni 1622 yilda Shoh Abbos I va Britaniya Ost-Hind kompaniyasi hamkorligida portugaliyaliklarning Hormuz orolidan quvib chiqarilgani sharafiga belgilangan rasmiy bayram hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda bo‘lishi mumkinligi va davolanayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mujtabo Homanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing