Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha hisobot berildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etgan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanib, jumladan, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar tashkil etilib, harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida ta’kidlangan.

Harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasidagi intilish qat’iy ekani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Anqarada Turkiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirlari Yashar Guler va Shuhrat Xolmuhamedov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunida har ikki vazir tomonidan “Turkiya Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy tibbiyot sohasida ta’lim va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” hamda “Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlikni amalga oshirish rejasi” imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya harbiy hamkorlik Shuhrat Xolmuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing