Toshkentda Lacetti Kia bilan to‘qnashib, majaqlanib ketdi
3-sahifa
−
09 aprel 5237 1 daqiqa
Bugun, 9 aprel kuni Toshkent shahrida 16 yoshli bola Lacetti’da Kia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 03:30 atrofida Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida joylashgan “Ganga” ko‘prigi ustida 2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxs Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Oqibatda u o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Kia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomobili haydovchisi hamda uning 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida Leapmotor rusumli elektromobil yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi