Vahshiylik: Bo‘stonliqda mushuklar tepib, otib, osib o‘ldirildi (video)
3-sahifa
−
26 mart 7902 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mushuklarga nisbatan shafqatsiz xatti-harakatlar aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring va dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu voqea 2025 yilning dekabr oyida Bo‘stonliq tumani “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shu yil hamda o‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlariga mazkur holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan.
Videoda aks etgan shaxs – 1993 yilda tug‘ilgan M.Sh.ning xatti-harakatlari yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, hozirda qonuniy qaror qabul qilish uchun materiallar sudga yuborilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda haydovchi yuk mashinasining orqasiga eshakni bog‘lab olgan holda uni sudragandi. Huquqbuzar huquq-tartibot idoralari xodimlariga yuk mashinasining texnik nosozligi tufayli eshakni bog‘lab, harakatni davom ettirishga majbur bo‘lganini aytgan.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel