Tojikiston afg‘on kontrabandachilarini yo‘q qilish uchun dron ishlatdi

Olam

image

Tojikiston chegara qo‘shinlari Afg‘onistondan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan bir guruh kontrabandachilarni zararsizlantirish uchun birinchi marta mahalliy ishlab chiqarilgan drondan foydalandi. Bu haqda joriy yilning 22 noyabr kuni davlat televideniyesi orqali namoyish etildi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 20 noyabrga o‘tar kechasi Hamadoniy chegara tumanida sodir bo‘lgan. Yetti nafar kontrabandachilar guruhi chegarani kesib o‘tayotganda hujumga uchragan. Ertalab voqea joyida ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi: Avalmir o‘g‘li Sheroxo va Hakim o‘g‘li Jumagulning jasadlari topilgan.

Razvedka agentligining ma’lum qilishicha, operatsiya joyida beshta qopga solingan 116 o‘ram giyohvand moddalar musodara qilingan. Guruhning qolgan besh a’zosi taqdiri haqida hisobotda ma’lumot berilmagan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ham operatsiya “mahalliy dronlar” yordamida amalga oshirilganini ta’kidladi, biroq bu qurilmalarning qurollari, texnik xususiyatlari va ishlab chiqaruvchilari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Tojikistonda jangovar dronlarning mahalliy ishlab chiqarilishi haqida hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.

Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi 1000 kilometrdan ortiq chegara muntazam ravishda kontrabanda guruhlari bilan to‘qnashuvlar maydoniga aylanib boradi. Rasmiylar deyarli har oyda katta miqdordagi giyohvand moddalarni topish va musodara qilinganini aytib keladi.

Hukumat tanqidchilarining da’vo qilishicha, ayrim tojikistonlik amaldorlar giyohvand moddalar tranziti bilan shug‘ullanishi mumkin, bu esa giyohvand moddalar savdosining kamayishiga to‘sqinlik qilmoqda. Rasmiylar bu ayblovlarni rad etib, “narkotik moddalar savdosiga qarshi uzluksiz kurash”ni davom ettirayotganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi Ayniy tumanida joylashgan ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti nafar afg‘onistonlik ishchi halok bo‘lgandi. Portlash vaqtida ishchilarning barchasi kon ichkarisida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabandachilar Avalmir o'g'li Sheroxo Hakim o'g'li Jumagul Afg'oniston-Tojikiston dron operatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing