Van I Toshkentga keldi (foto)
Jamiyat
−
21 noyabr 7763 1 daqiqa
Kecha, 20 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saidov xitoylik mavqedoshini Toshkentdagi yaqinda qurib bitkazilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga olib borgan.

“Van I janoblari bilan ko‘rishishdan mamnunmiz. Birgalikda mintaqamizning boy ilmiy merosi, chuqur ildiz otgan madaniy an’analarimiz va buyuk mutafakkirlar asrab-avaylash hamda targ‘ib etishga bo‘lgan umumiy sadoqatimiz ramzi – Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdik”, deydi Baxtiyor Saidov.



Bugun, 21 noyabr kuni esa Toshkent shahrida O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi Strategik muloqotning navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Kun tartibida siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy raisi Si Szinpinning 3 davlat yetakchilari bilan erishgan umumiy kelishuvlarini amalga oshirish maqsadida Tashqi ishlar vaziri Van I tashrif buyurib, mavqedoshlari bilan strategik muloqot o‘tkazishi hamda vazirlar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi