Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz tranziti hajmini oshirmoqchi

Jamiyat

image

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma gaz loyihasi muvaffaqiyatli bo‘lib, gaz tranzitini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Toshkentdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz loyihasi muvaffaqiyatli natijalarni ko‘rsatmoqda. Biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali gaz tranziti hajmini oshirish niyatidamiz. Qolaversa, neft va atom sanoatida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi istiqbollar mavjud”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati.

2023 yilning iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi va shu yilning oktyabr oyida yetkazib berish boshlandi. Joriy yilning 16 oktyabr kuni Rossiya hukumati “Gazprom” O‘zbekistonga yiliga 7,7 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bajarishda davom etayotganini e’lon qildi. Bundan tashqari, gaz ta’minotini, jumladan, suyultirilgan tabiiy gazni ko‘paytirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlangan.

To‘qayev 11-12 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, so‘ng O‘zbekistonga keldi. Toshkentda Qozog‘iston rahbari bugun, 16 noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berishni 15 foizga oshirgandi. Rossiya Energetika haftaligi doirasida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasidagi uchrashuvdan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya O‘zbekistonga gaz, jumladan, suyultirilgan tabiiy gaz ko‘rinishida ham, yetkazib berish hajmini oshirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston Gazprom Qosim-Jomart To'qaev gaz tranziti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing