Toshkentda erkak ayoliga qurol o‘qtalib, uni kaltakladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida erkak xotiniga qurol bilan tahdid qilib, uni kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni “Ko‘ksaroy” MFY hududida yashovchi 33 yoshli R.Q (erkak) 35 yoshli N.Sh (ayoli)ning yoniga o‘ziga tegishli ov quroli (2021 yildan Ovchilik jamiyatiga a’zo) bilan borib, o‘rtalaridagi nizo sabab unga tahdid qilgan va urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan, hududiy IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish ) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi fuqaro tergovga jalb qilingan.

Unga 2022 yilda berilgan ovchilik guvohnomasi bekor qilinib, TOZ-34 rusumli ov quroli musodara qilingan.

Jabrlanuvchi N.Sh (ayol)ning olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayolda (sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan) yengil tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan to‘liq nazoratga olinib, Ohangaron tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda er ayoliga pichoq bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qurol erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing